Jahon

Kembrij olimlari irsiy kasalliklarga qarshi sun’iy DNK yaratmoqda

Bu sun’iy hujayralar yordamida, zararlangan jigar yoki immun tizimi kabi muhim organlar sog‘lom to‘qima bilan tiklanishi mumkin.

Kembrij olimlari irsiy kasalliklarga qarshi sun’iy DNK yaratmoqda

Buyuk Britaniyada ilk bor inson DNKsining sun’iy nusxasini yaratishga qaratilgan rasmiy ilmiy loyiha yo‘lga qo‘yildi. Loyihani dunyodagi eng yirik tibbiy-biologik fondlardan biri — Wellcome Trust moliyalashtirmoqda. Tashkilot ushbu maqsad uchun 10 million funt sterling ajratgan.

 

Avvalroq bunday loyihalarga ruxsat berilmagan edi — sababi, inson genomi ustida sun’iy manipulyatsiyalar “genetik dasturlangan” odamlar paydo bo‘lishi xavfi bilan bog‘liq deb qaralgan. Shunga qaramay, bugungi kunda loyiha rasmiy bosqichga o‘tdi.

 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, loyiha gumanitar va tibbiy yo‘nalishga ega bo‘lib, og‘ir irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qiladi.

 

Loyihada ishtirok etayotgan Kembrij universiteti olimi Julian Seylning aytishicha, mutaxassislar kasalliklarga bardoshli sun’iy hujayralar yaratish ustida ishlamoqda. Bu hujayralar orqali, masalan, jigar yoki immun tizimi kabi hayotiy organlar zararlanganda ularni sog‘lom to‘qimalar bilan almashtirish mumkin bo‘ladi.

 

Bu ilmiy tashabbus sintetik biologiya sohasida Buyuk Britaniyaning yetakchi rolini mustahkamlashi, shuningdek, kelajakda regenerativ tibbiyotda inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.