Jurnalistikaning erta so‘ngan yulduzlari

Xalqaro tadbirga borib, tirik qaytmagan muxbir, sog‘ayish uchun dori ichib, olamdan o‘tgan teleboshlovchi va onalik burchini bajaraman deb jonini qurbon qilgan jurnalist… Zamon.uz bevaqt olamdan o‘tgan OAV vakillarini xotirladi.

Jurnalistikaning erta so‘ngan yulduzlari

Bugun, 27 iyun — Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Zamon.uz shu sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, xalq nazariga tushgan, va afsuski, erta o‘lim topgan qalamkashlarni xotirlaydi.

 

Erta so‘ngan shou-biznes “yulduzi”

 

Shou-biznes yo‘nalishidagi jurnalist Jasur Hamroyev 42 yoshida olamdan o‘tdi. Uning o‘limiga buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytiladi.

 

 

Hamroyev dastlabki jurnalistik faoliyatini “Darakchi” gazetasidan boshlagan, keyinchalik O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib shou-biznes sohasini yorituvchi shov-shuv.uz internet saytiga asos solgan va bosh muharriri bo‘lgan. Jurnalist 2024 yilda The Addresses jurnalini ham ochgan.

 

“Bu inson mening blogerlik faoliyatimda o‘chmas iz qoldirgan, katta hissa qo‘shgan edi.

 

Bugun O‘zbekiston sportida taniqli bo‘lgan ko‘plab yigitlar bir paytlar Jasur aka orqali ilk bor ommaga tanitilgan. Bugun sportchilar bilan intervyu oladigan jurnalistlar ko‘p, lekin birinchi toshni qo‘ygan — aynan Jasur Hamroyev edi”, deb yozadi “Bugun sport” loyihasi muallifi.

 

“Kuchli odam edi. Har doim hammaga yaxshi muomala qilardi. Oxirgi yillarda kasallik bilan kurashayotgan edilar. Bir hafta davomida ijtimoiy tarmoqda ularga kerakli qon guruhini so‘rab, eʼlon berdik. Lekin, afsuski, hech kim yordam bermadi”, deya jurnalistning so‘nggi kunlarini eslaydi hamkasbi Zamira Beshimova.

 

“Jurnalistikadan voz kechib, taʼlimni tanlagan”

 

Erta vafot etgan jurnalistlar orasida Alisher Ro‘zioxunov ham bor. U 2025 yilning 26 fevral kuni 32 yoshida bu dunyoni tark etdi.

Ro‘zioxunov “Kun.uz”, “Gazeta.uz”, “Bugun.uz” kabi internet nashrlarida ishlagan. Shuningdek, Aksent loyihasida ham faoliyat yuritgandi. Muharrir sifatida “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

 

“U mening Toshkentga kelib topgan eng yaqin insonlarimdan biri, ko‘pchilik faoliyatiga, bilimiga havas qiladigan salohiyatli jurnalist edi.

 

Alisherning sohadan ketishi va yana jurnalistikaga qaytishi kerakligi haqida uning o‘zi bilan ko‘p gaplashganmiz. Bu haqdagi bahslarimiz baʼzan soatlab davom etgan. Ochig‘ini aytaman, Alisher sohadan sovugan edi. aniqrog‘i, O‘zbekistonda jurnalistika tushib qolgan vaziyat uning hafsalasini pir qilib bo‘lgandi.

 

Alisher Ro‘zioxunov qo‘rqoq emasdi. U doim jamiyat, odamlar uchun kuyunib yashadi. Va shu kuyunchakligi sabab ham jurnalistika emas, taʼlimni tanlagandi”, — deya eslaydi uning hamkasblaridan biri, do‘sti Ilyos Safarov.

 

Dori ichib, dunyodan o‘tgan telejurnalist…

 

2023 yilning 13 sentyabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

Tomoq og‘rig‘i tufayli jurnalist levofloksatsin (antibiotik) tabletkasini olgan. Taxminan 10−15 daqiqadan so‘ng uni tutqanoq tutib, hushidan ketgan.

 

Klinika shifokori unga birinchi yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng Yagafarova reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Tibbiy muolajalardan so‘ng u hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan.

 

Biroq 13 sentyabr kuni tushdan keyin uni yana tutqanoq tutgan. Tibbiy muolajalarga qaramay, u vafot etgan.

 

“U kanalimizga yaqinda kelgandi, jamoaga juda tezda qo‘shilib ketdi va uning ajralmas qismiga aylandi. Bu vaqt davomida men u tayyorlaydigan dasturlar muharriri edim. Jurnalist emas, balki kasbi bo‘yicha filolog bo‘lgan Ramina telejurnalistika asoslarini o‘zlashtirib, ko‘z o‘ngimizda o‘sdi.

 

U efirni juda yaxshi ko‘rardi. Samimiy, quvnoq, maftunkor va yangi g‘oyalarga to‘la xodim edi”, — deb xotirlaydi jurnalist Elmira Tuxvatullina.

 

Yurak xuruji uni uzoq yashatmadi…

 

2023 yilning 27 may kuni “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” dasturi teleboshlovchisi, jurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida olamdan o‘tgan.

 

 

Nozima Mahmudova vafotidan bir kun avval, 26 may kuni rejali yurak operatsiyasini boshdan kechirgan, ammo operatsiyadan omon chiqmagan.

 

“Tengdoshing o‘tib qolsa, boshqacha bo‘larkan odam. Hayot hech kimga qancha istashini so‘rab berilmaganini tushunarkan odam... Yoshgina, go‘zalgina, bir olam orzulari bilan...”, deb yozadi jurnalist Aziza Qurbonova hamkasbining o‘limi haqidagi xabar postida.

 

“Bilimli, mehnatkash, samimiy hamkasbimizning yorqin xotirasi doim yodimizda bo‘ladi. Uni mana shunday iliq tabassumi bilan eslaymiz”, deb yozadi “Yangi davr” tahririyati.

 

30 ga ham kirmay olamdan o‘tgan…

 

Jurnalist, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova 2024 yilning 11 yanvar kuni 27 yoshida vafot etdi.

 

 

Marhuma yaqinlariga ko‘ra, unda homiladorlik davri og‘ir kechgan. Maʼlum muddat o‘lik homila bilan yurgan, bola olinganidan keyin uning ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yetkazilgan. Komaga tushib qolgach, tez yordam shifoxonalaridan biriga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

 

Xalqaro festivaldan tirik qaytib kelmagan…

 

2021 yilning 20 sentyabr kuni “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri, taniqli jurnalist, mohir ijodkor Saidjon Maxsumov 35 yoshida avtohalokat hodisasi oqibatida vafot etgan.

 

 

Jurnalist Nukusda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro baxshi festival-tanlovining yoritilishida qatnashgan, tadbirdan qaytayotganda esa avtohalokatga uchragan. YTH natijasida u bilan bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.

 

Javohirbek TURSUNOV tayyorladi

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Jurnalistikaning erta so‘ngan yulduzlari | Zamon.uz