Andijonda to‘yxona yonib ketgani aytildi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida to‘yxona yonib ketgani aytilgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qay etilishicha, bugun, 28 iyun kuni soat 16:09 da Qo‘rg‘ontepa tumani Mustaqillik MFY hududida joylashgan tadbirkorlik subyektiga tegishli maishiy xizmat ko‘rsatish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Yong‘in soat16:45 da batamom o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







