Siyosat

Tramp Kanada bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

Yaqin 7 kun ichida AQSH yangi tarif stavkalarini e’lon qiladi.

Tramp Kanada bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

AQSH prezidenti Donald Tramp juma kuni Kanada bilan savdo muzokaralarini darhol to‘xtatganini e’lon qildi. U bu qarorni Kanadaning raqamli xizmatlarga soliq (DST) joriy qilgani bilan izohlab, bu soliqni “AQSHga ochiq hujum” deb atadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Trampning aytishicha, Kanada bilan barcha savdo muzokaralari tugatildi va yaqin 7 kun ichida AQSH yangi tarif stavkalarini e’lon qiladi. Kanada hukumati esa muzokaralarni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi. Bosh vazir Mark Karni: “Bu murakkab muzokaralar, biz kanadaliklar manfaatini himoya qilishda davom etamiz,” — dedi.

 

DST ayniqsa AQSHning yirik texnologik kompaniyalariga, jumladan Meta, Google, Apple va Amazon’ga salbiy ta’sir qilmoqda. Tramp ma’muriyati Kanadaga nisbatan keng qamrovli tariflar joriy etilishi mumkinligini aytmoqda, bu esa javob choralarini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Kanada ishbilarmon doiralari hukumatni soliqni bekor qilishga chaqirmoqda. Kanada Savdo palatasi va Biznes kengashi, AQSH bilan savdo aloqalarining yomonlashuvi iqtisodiy xavf tug‘dirishini aytib, DST’ni darhol bekor qilish tarafdori ekanini bildirdi. 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Tramp Kanada bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi | Zamon.uz