Qashqadaryoda 2 ta do‘kon yonib ketdi
Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Kecha, 30 iyun soat 20:50 da Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar “Kesh” MFY Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan 2 ta do‘konda (qandolat va quruq mevalar) yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:53 da yetib borgan va soat 21:10 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida do‘konlarning taxminan 30 kv.m maydonda tom va ichki qismi yongan. Yong‘in oqibatida FVBga tan jaroxati olgan fuqarolar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.







