O'zbekiston

Surxondaryoda suv bosimi ortishi natijasida yirik hajmli quvur yorildi

Viloyat hokimligi Surxondaryodagi quvur yorilishi yuzasidan bayonot berdi.

Surxondaryoda suv bosimi ortishi natijasida yirik hajmli quvur yorildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yirik hajmli suv quvuri yorilib ketgani, buning oqibatida aholi xonadonlariga zarar yetgani haqida xabarlar va videolar tarqaldi. Viloyat hokimligi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 30-iyun kuni soat 12:50 lar atrofida Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Bobotog‘” nasos stansiyasining 1-kollektori 7-uchastkasida yuzaga kelgan. D-2850 mm diametrli quvurda yorilish sodir bo‘lgan va natijada yuqori bosim ostidagi suv tashqariga otilib chiqqan.

 

Avariya aniqlangach, zudlik bilan dastlabki xavfsizlik choralari ko‘rilgan: 1-kollektorga ulangan 3 ta nasos agregati tezkorlik bilan to‘xtatilgan. Shundan so‘ng maxsus brigadalar voqea joyiga yetkazilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan. Soat 21:00 ga kelib ta’mirlash to‘liq yakunlangan, 21:20 da esa nasos agregatlari yana ishga tushirilgan.

 

Hokimlikning ta’kidlashicha, hodisa natijasida aholi xonadonlariga ham, nasos stansiyasi inshootlariga ham hech qanday zarar yetmagan. Ayni paytda barcha agregatlar odatdagi ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda suv bosimi ortishi natijasida yirik hajmli quvur yorildi | Zamon.uz