Jahon

Turkiyada virus xavfi bois barcha chorva bozorlari yopildi

Virus aniqlangan hududlarda karantin e’lon qilingan.

Turkiyada virus xavfi bois barcha chorva bozorlari yopildi

Turkiya oyoq va og‘iz kasalligi virusi tarqalishi tufayli butun mamlakat bo‘ylab chorva bozorlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Kasallik bemor hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilish orqali odamlarga yuqishi mumkin.

 

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish bosh boshqarmasi barcha 81 viloyatdagi bo‘limlarga shoshilinch tarzda ko‘rsatma yubordi. Unda Qurbon hayiti ortidan virusga chalinish holatlari ko‘payayotgani qayd etilgan.

 

Virus aniqlangan hududlarda karantin e’lon qilindi. Rasmiylarga ko‘ra, qisqa muddatda barcha hayvonlarni to‘liq emlashning iloji yo‘q. Shuning uchun chorva savdosi bilan bog‘liq har qanday harakat vaqtincha to‘xtatildi.

 

“Hayvonlar va odamlar harakatining faolligi kasallik tarqalishini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun barcha chakana savdo nuqtalarini ogohlantirishgacha yopishni so‘raymiz”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"