O'zbekiston

"Fitch Ratings" "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ reytingini “BB-”dan “BB”ga oshirdi

Ushbu reyting ko‘tarilishi 2018-yildan beri birinchi marta kuzatilmoqda.

"Fitch Ratings" "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ reytingini “BB-”dan “BB”ga oshirdi

2025-yil 1-iyul kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining xalqaro kredit reytingini barqaror prognoz bilan “BB” darajaga ko‘tardi. Bu baho O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bilan tenglashtirildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi xabar berdi.

 

Ushbu reyting ko‘tarilishi 2018-yildan beri birinchi marta kuzatilmoqda. Agentlik hisobotida kompaniyaning iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish yo‘lida erishgan natijalari, shaffof moliyaviy boshqaruvi va aniq biznes strategiyasi alohida ta’kidlangan.

 

Avvalroq, 2025-yil 26-iyun kuni Fitch O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini ham “BB-”dan “BB”ga oshirgan va uni barqaror deb baholagandi.

 

Mazkur baholash “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning xalqaro investitsiya bozoridagi ishonchliligini mustahkamlab, korxonaning kuchli pozitsiyasini tasdiqlaydi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.