Lifestyle

JSST tamaki, alkogol narxini 50 foizga oshirishga chaqirdi

50 foizlik narx o‘sishi – 50 million hayotni saqlab qolishi mumkin.

JSST tamaki, alkogol narxini 50 foizga oshirishga chaqirdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) barcha mamlakatlarni sog‘liq uchun zararli mahsulotlar — tamaki, alkogol va shakarli ichimliklar narxini kamida 50 foizga oshirishga chaqirdi. Bu chora surunkali kasalliklarning oldini olish hamda jamoat salomatligini mustahkamlash maqsadida taklif etilmoqda deydi oxu.az nashri.

 

JSST bayonotida ta’kidlanishicha, zararli mahsulotlarga soliq yukining oshirilishi nafaqat yurak xastaliklari, diabet va saraton kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning tarqalishini kamaytiradi, balki davlat byudjetlariga qo‘shimcha daromad keltiradi.

 

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, tamaki, spirtli ichimliklar va shirin ichimliklar narxining 50 foizga ko‘tarilishi kelgusi 50 yil davomida 50 millionga yaqin erta o‘limning oldini olishi mumkin.

 

JSSTning 2024 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi har sakkizinchi kishi semizlikdan aziyat chekmoqda. Bu ko‘rsatkich 1990 yildan beri deyarli ikki baravarga oshgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"