Lifestyle

Odam gеni bilan sichqonlar “gapirishga” o‘rgatilmoqda

Ilmiy tajriba natijasida sichqonlarda nutqqa o‘xshash tovushlar rivojlanmoqda.

Odam gеni bilan sichqonlar “gapirishga” o‘rgatilmoqda

Nyu-Yorkdagi Rokfeller universiteti olimlari insonlarda nutq rivoji uchun mas’ul bo‘lgan NOVA1 oqsilining modifikatsiyalangan versiyasini sichqonlarga joylashtirishdi. Ushbu genetik tajriba sichqonlarning tovush chiqarish uslubi va miyasidagi faollikni sezilarli o‘zgartirdi. Tadqiqotchilarning aytishicha, gen kiritilganidan so‘ng sichqonlar ilgari kuzatilmagan murakkab tovushlar chiqarishni boshlagan.

 

NOVA1 oqsili odatda inson miyasi rivojida muhim rol o‘ynaydi, xususan, bu oqsil nutq va til bilan bog‘liq neyron tarmoqlarning shakllanishiga yordam beradi. Olimlar bu oqsilning sichqonlardagi modifikatsiyasi orqali hayvonlarning kommunikatsion qobiliyatlari qanday o‘zgarishini o‘rganishga harakat qilishmoqda. Hozirgacha tajriba sichqonlarning o‘zaro "muloqot qilish" urinishlari kuchayganini ko‘rsatmoqda.

 

Qiziqarli tomoni shundaki, sichqonlar chiqarayotgan tovushlar inson qulog‘i uchun deyarli eshitilmaydi. Tadqiqotchilar bu tovushlarni maxsus akustik asboblar orqali yozib olib, ularni tahlil qilishmoqda. Ularning dastlabki xulosasiga ko‘ra, sichqonlar orasida o‘zaro farqlanadigan va qayta-qayta takrorlanadigan tovush namunalarini aniqlashgan.

 

Hozircha bu sichqonlar aniq nima haqida “gapirayotgani” noma’lum, ammo olimlar bu tajriba orqali inson tilining evolyutsiyasini chuqurroq tushunishga umid qilishmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu turdagi tajribalar kelajakda neyrobiologiya, sun’iy intellekt va hatto til terapiyasi sohalarida yangi yondashuvlarga yo‘l ochishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"