O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev IHTning 14-sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti qator dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev IHTning 14-sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etdi.

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar, IHT bosh kotibi Asad Majid Xon hamda boshqa qator davlatlar va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.

 

IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan xavf-xatarlarni qayd etdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish muhim ekanini yana bir bor taʼkidladi.

 

Shu bilan birga, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmasligi taʼkidlandi.

 

Yig‘ilish kun tartibiga o‘tar ekan, O‘zbekiston Prezidenti qator dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdi.

 

Avvalo, tashkilotning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida "Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari - 2035" konsepsiyasini qabul qilish muhimligi qayd etildi. Hujjatda anʼanaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda innovatsiyalar, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.

 

Ayniqsa, tovarlar va xizmatlar savdosini soddalashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, elektron tijoratni rivojlantirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.

 

Bu boradagi strategik masalalarni muhokama qilish va Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish uchun joriy yilda Toshkent shahrida savdo vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish taklif qilindi.

 

Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha tezkor axborot almashish va ularni to‘siqsiz yetkazib berish uchun "yashil yo‘laklar" tizimini yaratish tashabbusini ilgari surdi.

 

Investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yana-da shaffof va jozibador investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida uzoq muddatli “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

 

- Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etish, deb hisoblaymiz, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.

 

Hozirgi geosiyosiy sharoitda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish strategik ustuvor vazifadir. Istiqbolli Transafg‘on yo‘lagiga tutashtirilishi mumkin bo‘lgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi keng mintaqadagi tranzit tarmoqlarini samarali bog‘lash imkonini berishi qayd etildi.

 

Davlatimiz rahbari transport-logistika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etishni tezlashtirish taklifini ham ilgari surdi.

 

- Mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish, turizm va aviatsiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir, - dedi O‘zbekiston rahbari.

 

Shu masalalarni muhokama qilish uchun joriy yilda Samarqandda Milliy aviakompaniyalar forumini o‘tkazish taklif qilindi.

 

Sayyohlar oqimini ikki barobar oshirish uchun katta salohiyat borligi ko‘rsatib o‘tildi. Tashkilot doirasida turizm xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" qabul qilinishi bunga xizmat qiladi.

 

Global iqlim kun tartibidagi masalalarda saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligini qayd etib, Prezidentimiz cho‘l hududlarida o‘rmonlar tashkil qilish va rekreatsiya zonalarini barpo etish bo‘yicha Transchegaraviy "yashil dastur" ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Yuqori darajadagi qo‘mita ishini ijobiy baholab, unga kelgusi sammitga qadar IHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirishni taklif qildi.

 

- Islohotlar hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, Tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori va nufuzini yana-da oshirishga xizmat qiladi, - dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida ushbu sammit Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bag‘ishlashi va yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev IHTning 14-sammitida ishtirok etdi | Zamon.uz