Andijonda ayolini o‘ldirib qochgan erkak ushlandi
Gumonlanuvchi Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasida qo‘lga olingan.

4-iyul kuni soat 09:30 lar atrofida Andijon shahrida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan D.A. turmush o‘rtog‘i M.D. bilan janjallashib, uni xo‘jalik pichog‘i bilan bo‘yin qismiga urib o‘ldirgan.
Voqea Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida sodir bo‘lib, ayol og‘ir tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Jinoyat sodir etgan shaxs hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qotilni qo‘lga olish uchun tezkor-qidiruv ishlari boshlangan.
Natijada, D.A. Andijon viloyati Oltiariq tumanidagi Ko‘makay mahallasida tungi navbatchilikda bo‘lgan xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda u qamoqqa olingan va tergov ishlari davom etmoqda.







