Meksikada merning timsoh bilan ramziy to‘yi o‘tkazildi
Marosimda sudralib yuruvchiga oq libos kiydirilgan.

Meksikaning San-Pedro-Uamelula shahrida shahar meri Daniel Gutierrez kichkina timsoh bilan ramziy nikoh marosimini o‘tkazdi. Bu g‘ayrioddiy to‘y qadimiy mahalliy e’tiqodlar va madaniy merosni ifodalaydi.
Reuters agentligiga tayanib oxu.az nashrining ma'lum qilishicha, to‘y marosimi chog‘ida timsohga oq libos kiydirilib, ko‘chalarda sayr qildirilgan. Aholi marosimni raqslar bilan nishonlagan.
Marosim uch kun davom etgan. Mahalliy aholi buni ona yer va tabiat kuchlaridan mo‘l-ko‘lchilik so‘rash uchun o‘tkaziladigan diniy-ma'naviy marosim sifatida baholaydi. E’tiqodga ko‘ra, sudralib yuruvchi ona yerni ifodalovchi Xudoning timsoli bo‘lib, u bilan shahar rahbarining nikohi xudolar dunyosi va insonlar dunyosi o‘rtasidagi uyg‘unlikni bildiradi.
Ushbu marosimning ildizlari kamida 18-asrga borib taqaladi va ehtimol, u Markaziy Amerikaning tub aholisi tomonidan ispan mustamlakachilaridan ancha avval ham nishonlab kelingan.







