Siyosat

Keyingi urush Turkiya va Isroil o‘rtasida bo‘lishi mumkin

Yaqin Sharqda yangi geosiyosiy qarama-qarshilik kuchaymoqda.

Keyingi urush Turkiya va Isroil o‘rtasida bo‘lishi mumkin

Yaqin Sharqda Turkiya va Isroil o‘rtasida yangi ziddiyat yuzaga kelishi ehtimoli ortmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi o‘zining tahliliy maqolasida ta'kidlagan. Nashrga ko‘ra, mintaqadagi kuchlar muvozanati tobora beqaror bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi taranglik ochiq qarama-qarshilikka aylanishi mumkin.

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan IHT yig‘ilishida keskin bayonot berdi. “Falastin, Livan, Eron yoki Yaman muammosi yo‘q, lekin Isroil muammosi bor”, — degan Fidan. Prezident Erdo‘g‘onning yaqinlari esa Isroil Turkiyani “strategik jihatdan o‘rab olgan”ini da’vo qilmoqda. Isroilda esa Turkiya ta’siri hatto Eronnikidan ham xavfliroq deb baholanmoqda.

 

Suriya hozirda asosiy to‘qnashuv maydoniga aylangan. Turkiya Suriyaning shimolini nazorat qilayotgan bo‘lsa, Isroil janubdagi bufer zonani egallab, kurdlar va druz guruhlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Aprel oyida ikki tomon o‘rtasida deyarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv yuz bergani ham qayd etilgan.

 

AQSh mintaqadagi keskinlikni yumshatishga urinmoqda, ammo bu oson bo‘lmaydi. Vashington ittifoqchilari bo‘lgan ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatni nazorat ostida ushlab turishga harakat qilmoqda. Biroq mutaxassislar nazarida, mavjud geosiyosiy muhitda bu diplomatik muvozanat har qanday vaqtda izdan chiqishi mumkin.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Keyingi urush Turkiya va Isroil o‘rtasida bo‘lishi mumkin | Zamon.uz