Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion bo‘lgan ilk o‘zbek ayol bokschiga aylandi
Hamidova Olimpiada chempioni bo'lgan turkiyalik Busenaz Surmenelini yirik hisobda mag‘lub etgan.

Ostonada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogida Navbahor Hamidova final jangida Olimpiada chempioni va uch karra jahon kubogi g‘olibi turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur g‘alaba orqali Hamidova avvalgi ikki mag‘lubiyat uchun munosib revansh oldi. U bunday yirik musobaqada oltin medal olgan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschiga aylandi.
Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Feruza Kazakova, Aziza Zokirova, Sohiba Ro‘zmetova va Oltinoy Sotimboyeva bronza medallariga sazovor bo‘ldi.







