Siyosat

O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashadi

Diplomatik vakolatxonasi yo‘q davlatlarga vizalar endi mamlakat ichida rasmiylashtirilishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashadi

Tashqi ishlar vazirligida “VFS Global” xalqaro kompaniyasining MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Sh. Mishra hamda O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari T. To‘ychiev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston hududida “VFS Global” vakolatxonalari tarmog‘ini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv davomida kompaniya xodimlarining sayyor qabullarini tashkil etish, xususan, jamoaviy guruhlar tomonidan topshirilgan arizalarni joylarda ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur xizmat pullik asosda ko‘rsatiladi va chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga Toshkent yoki Samarqanddagi vizalar markaziga bormasdan yordam olish imkonini beradi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan mamlakatlarga, jumladan Kanada, Argentina va Avstraliya kabi davlatlarga vizalarni rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish masalasi alohida muhokama qilindi.

 

Hozirgi kunda bunday davlatlarga viza olish ortiqcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Shu bois O‘zbekiston tomoni jarayonlarning bir qismini mamlakat ichkarisida amalga oshirish, xususan “VFS Global”ning mahalliy ofislari orqali biometriya topshirish va onlayn suhbat o‘tkazish imkoniyatlarini joriy etish taklifini ilgari surdi.

 

Tomonlar viza xizmatlari sifati va qulayligini oshirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashadi | Zamon.uz