Siyosat

Netanyahu Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Isroil bosh vaziri bu haqda Tramp bilan kechki ovqat chog‘ida aytib o‘tgan.

Netanyahu Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatganini ma’lum qildi. Bu haqda u Tramp bilan kechki ovqat chog‘ida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

 

"Men sizga Nobel qo‘mitasiga yuborgan maktubimni topshirmoqchiman. Unda sizni Tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatganman. Siz bu mukofotga munosibsiz va uni olishingiz kerak", — dedi Netanyahu.

 

Donald Tramp esa bunga hayrat bilan va minnatdorchilik bildirgan holda javob qaytardi: "Katta rahmat! Men bundan bexabar edim. Buni aynan sizdan eshitish men uchun alohida qadrlidir. Juda minnatdorman! Bu men uchun katta sharaf".

 

Tramp prezidentlikka kelganidan beri Isroil va bir necha arab davlatlari o‘rtasida munosabatlar tiklanishiga erishilgan edi. Aynan shu sabab u ilgari ham Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rilgan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Netanyahu Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi | Zamon.uz