Endi 1 oyda qaror chiqmasa, jarima bekor qilinadi
Shuningdek, "Surunkali qoidabuzarlar" dasturi ham ishga tushiriladi.

Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima to‘lamasligi belgilandi.
Zamonaviy yo‘llar qurilayotgani, yuqori xavfsizlik moslamalari mavjud mashinalar soni ham kun sayin ko‘payib borayotgani sababli tezlik masalasida yangicha yondashuvlar kerakligi taʼkidlandi.
Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi.
Shuningdek, qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida o‘tish bir oy ichida 2 marta sodir etilsa yoki tezlik 5 marta oshirilsa – 1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.
Bunday huquqbuzarliklar bir oy ichida 10 tadan ko‘p bo‘lsa – 6 oygacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Shuningdek, tezlik uchun jarimalarni qayta ko‘rib chiqib, me’yordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.







