O'zbekiston

Toshkentdagi jarima maydonchalarida mashinalar to‘lib ketdimi?

Poytaxtda haydovchilar mashinasini jarima maydonchasidan olib chiqib ketolmayotgani haqida xabarlar qanchalik rost? Zamon.uz aniqlik kiritdi.

Toshkentdagi jarima maydonchalarida mashinalar to‘lib ketdimi?

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida YHXB keng ko‘lamli reydlar o‘tkazib, ko‘plab mashinalarni jarima maydonchasiga joylashtirgani, haydovchilar esa jarimani to‘lab, mashinalarini qaytarib ololmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yaʼni haydovchilar jarimalarni to‘lashlari uchun kassa va onlayn bazalar ishlamayotganidan norozilik bildirishgan.

 

Holat keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Zamon.uz aniqlik kiritish uchun Yashnobod tumanidagi jarima maydonchasiga va xalq tilida “O‘zBUM” deya ataluvchi to‘lovlar amalga oshiriladigan maʼmuriy amaliyot bo‘limiga bordi.

 

Mazkur bo‘lim masʼullarining izoh berishicha, kuni kecha yuzaga kelgan shov-shuvli holatga elektr taʼminotida uzilish ortidan bazaning vaqtincha ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. Uning faoliyati qayta tiklanguncha 5-6 soatlab vaqt ketgan.

 

“Hozirda baza ishlamoqda, to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolar mashinasini jarima maydonchalaridan olib chiqib ketmoqda”, - deydi to‘lov amaliyoti bo‘limidagi masʼul xodim.

 

“Birinchi marta mashinam jarima maydonchasiga tushdi. Hozir baza ishlayapti ekan, to‘lovni qilib mashinamni olib chiqib ketaman” deydi yosh haydovchilardan biri.

 

“3 kun oldin jarima maydonchasiga mashinam olib kirib qo‘yilgandi. Bugun to‘lov qilib, uni olib chiqib ketaman. Pul bo‘lsa, muammo yo‘q. To‘lov qilinyapti”, deydi to‘lov uchun navbatda turganlardan biri.

 

Shundan so‘ng Zamon.uz mashinalarni olib chiqib ketib bo‘lmayotgani aytilgan jarima maydonchasiga borib, u yerdagi vaziyatni ham o‘rgandi.

 

“Har kuni 10 dan ortiq mashina olib chiqib ketilyapti. Bugun ham kunning yarmiga 5-6 ta mashina chiqdi”, deydi jarima maydonchasida ishlovchi qorovul.

 

Zamon.uz aholi duch kelayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalarni o‘rganishda davom etadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentdagi jarima maydonchalarida mashinalar to‘lib ketdimi? | Zamon.uz