Toshkentda kuchli shamol va chang-to‘zonlari bo'lishi kutilmoqda
Mutasaddilar aholiga ehtiyot choralarini ko‘rishni, zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya etmoqda.

Bugun Toshkent shahrida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” direktori o‘zining rasmiy Facebook sahifasida barvaqt ogohlantirish xabarini e’lon qildi.
Ogohlantirishda aytilishicha, ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi, xususan, shamol tezligi ortishi va havoda chang-to‘zonlar shakllanishi ehtimoli yuqori. Bu esa fuqarolarning sog‘lig‘i va harakat xavfsizligi uchun muayyan xavf tug‘dirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 70-maqsadiga muvofiq, mamlakatda barvaqt ogohlantirish tizimlarining samaradorligi va aholiga yetkazilish darajasini 100 foizga yetkazish belgilangan.
Mutasaddilar aholiga ehtiyot choralarini ko‘rishni, zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya etmoqda.







