Siyosat

Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya kiritiladi

Prezident Yangi Kamolon mahallasida bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi.

Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya kiritiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida tumandagi Yangi Kamolon mahallasi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida xizmatlar sohasini kengaytirish, aholining bandligi, ijtimoiy himoya va mahallalarni rivojlantirishga oid yangi tashabbuslar ilgari surildi.

 

Yangi Kamolon mahallasida 4 600 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bugungi kunga kelib bu yerda 60 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, qandolatchilik, dala mahsulotlari do‘konlari, novvoyxona, xususiy tibbiyot punkti va hunarmandlar maskani faoliyat yuritmoqda. Bu esa yoshlar bandligini ta’minlab, mahallani deyarli ishsizlikdan xoli hududga aylantirdi.

 

Shuningdek, sokin sayilgoh, sport va bolalar maydonchalari, pirodalar yo‘lagi, nuroniylar oromgohi, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, hamda yangilangan ko‘p qavatli uylar mahallaning bugungi zamonaviy qiyofasini belgilamoqda.

 

Prezident “Shayxontohur tajribasi” asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishini e’lon qildi.

 

“Shayxontohurda hunarmandchilik tarixiy ildizga ega. Endi bu boy an’anani zamonaviy xizmatlar tarmog‘i bilan uyg‘unlashtirib, odamlarni ish va daromad bilan ta’minlaymiz”, — dedi davlat rahbari.

 

Mahallada ichki ishlar tizimi bilan bog‘langan situatsion markaz va video nazorat kameralari tizimi ishga tushirilgan. Bu yil davomida birorta ham jinoyat holati qayd etilmagan.

 

“Yangi Kamolon” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 21 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatilib, hisob-kitoblar raqamli billing tizimi asosida yuritilmoqda. Yil davomida markaziy issiqlik va elektr tarmoqlari ta’mirlandi, ayrim uylar yangi liftlar bilan ta’minlandi.

 

Shu kuni Prezident “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ham bo‘lib, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan zamonaviy tizim faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda ehtiyojmand insonlar bilan manzilli yondashuv asosida ish olib borilmoqda.

 

Markazda 25 nafar mutaxassis va mahallalarda faoliyat yuritayotgan 51 nafar ijtimoiy xodim nogironlar, yolg‘iz keksalar va kam ta’minlangan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yordam faqat bir martalik emas — har bir inson holati monitoring asosida kuzatilib boriladi.

 

Markaz hududida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Imkoniyatlar olami” muassasasida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun erta aralashuv, reabilitatsiya va parvarish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda bu yerda 80 nafarga yaqin bolaga 12 nafar malakali mutaxassis xizmat ko‘rsatmoqda.

 

“Bu tizim orqali jamiyatimizda ijtimoiy adolat, inson qadri, va mehr-oqibat qaror topmoqda,” — dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri bo‘ylab 8 milliard dollar miqdorida investitsiyalar jalb etilayotganini, bu mablag‘ hisobidan Shayxontohurda ham yangi ish o‘rinlari, ta’lim muassasalari, va infratuzilma loyihalari amalga oshirilishini ma’lum qildi.

 

Aholi bilan bo‘lgan ochiq muloqotda nuroniylar so‘z olib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan mamnun ekanliklarini bildirib, tinchlik va baraka tilab duo qilishdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya kiritiladi | Zamon.uz