Lifestyle

Sun’iy intellekt birinchi bor murakkab operatsiyani shifokor aralashuvisiz bajardi

Robot-jarrohi 17 bosqichli operatsiyani muvaffaqiyatli yakunladi.

Sun’iy intellekt birinchi bor murakkab operatsiyani shifokor aralashuvisiz bajardi

Johns Hopkins universiteti olimlari sun’iy intellekt bilan boshqariluvchi ilg‘or robot-jarroh tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu texnologiya birinchi bor shifokor ko‘rsatmasisiz va maxsus belgilarsiz inson organizmida murakkab xirurgik amaliyotni – o‘t pufagini olib tashlash operatsiyasini (xolesistektomiya) to‘liq mustaqil bajardi. Bu haqda Oxu.Az nashri ma'lum qildi.

 

Universitet matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, robot tizim 17 bosqichdan iborat bo‘lgan jarrohlik muolajasining har bir bosqichini aniq va to‘g‘ri bajarishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Tizim sun’iy intellekt algoritmi orqali ishlaydi va u inson jarrohlarining oldingi videoamaliyotlari asosida o‘qitilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, u nafaqat ko‘r-ko‘rona takrorlaydi, balki jarayon mohiyatini anglab, qaror qabul qilish, to‘qimalar holatini baholash va muolajani real vaqtda moslashtirish qobiliyatiga ega.

 

Shuningdek, bu robot tizim inson xirurglari bilan hamkorlikda ishlash, ularning ko‘rsatmalarini tahlil qilish va zarurat tug‘ilganda tezda moslasha olish imkoniyatiga ham ega.

 

Ushbu yutuq jarrohlikda inson omilini kamaytirish, operatsiyalar aniqligini oshirish va xavf darajasini pasaytirish yo‘lida muhim burilish sifatida baholanmoqda.

Sun’iy intellekt birinchi bor murakkab operatsiyani shifokor aralashuvisiz bajardi | Zamon.uz