Joriy yil sentabrdan B2 sertifikatisiz o‘qituvchilar dars bera olmaydi
Mazkur talab barcha xorijiy tillarga taalluqli, ikkinchi chet tili o‘qituvchilari bundan mustasno.

2025-2026 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida chet tili fanidan dars berayotgan o‘qituvchilarda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud bo‘lishi majburiy bo‘ladi.
Mazkur talab 2021-yil 19-maydagi Hukumat qaroriga muvofiq belgilangan bo‘lib, bu faqat ingliz tiligagina emas, balki barcha xorijiy tillarga taalluqlidir (ikkinchi chet tilidan dars beruvchilar bundan mustasno).
Avvalroq, bu talab 2024-yilning sentabridan joriy qilinishi belgilangan edi. Biroq, o‘qituvchilar va jamoatchilik fikrlari inobatga olinib, joriy etish muddati bir yilga surilgan.
2024-yil holatiga ko‘ra, B2 yoki undan yuqori darajadagi til sertifikatiga ega chet tili o‘qituvchilari soni 29 001 nafarni tashkil etgan.







