Farg‘onada 3 yoshli bolani urib, ketib qolgan haydovchi ushlandi
Bola og'ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘ona viloyatining Marg'ilon shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 10 may kuni Zuxro ko‘chasida 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. Lacetti rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganida, 2022 yilda tug‘ilgan A.A. ismli bolani urib yuborgan.
Natijada bolakay tan jarohati olib, darhol shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, hozirda uning ahvoli qoniqarli.
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (yo‘l harakati qoidalarini buzib, tan jarohati yetkazish) va 117-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish sudga oshirilishi belgilangan.







