O'zbekiston

Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi.

Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Abdulaziz Hafizovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.

 

G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

 

Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

 

Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

 

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

 

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi | Zamon.uz