O'zbekiston

Toshkentda kiberjinoyatchilar 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Telegram orqali tarqatilgan virus 177 ta bank kartasiga zarar yetkazdi.

Toshkentda kiberjinoyatchilar 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Toshkentda bank kartalaridan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi Toshkent boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Jinoyatchilar Telegram messenjeri orqali tarqatilgan zararli apk fayllar yordamida fuqarolarning Android telefonlariga kirib, ulardagi SMS xabarlar, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Ushbu ma’lumotlar orqali ular bank kartalariga kirib, mablag‘larni o‘zlashtirgan.

 

Aniqlanishicha, firibgarlar virus yuqtirilgan qurilmalardagi SMS-tasdiqlash kodlarini kuzatib borish imkonini beruvchi yopiq Telegram guruh yaratgan. Ular o‘zlarining faoliyatini call-markaz orqali boshqarib kelgan.

 

Tergov davomida 177 ta bank kartasidan jami qariyb 1 milliard so‘m o‘g‘irlangani aniqlangan. Qo‘lga olingan jinoyatchilar turli davlat fuqarolari ekani aytilmoqda. Hozirda ularning respublika hududidagi boshqa sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar hibsga olingan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda kiberjinoyatchilar 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi | Zamon.uz