O'zbekiston

O‘zbekiston Xalqaro kimyo olimpiadasida tarixiy g‘alabaga erishdi

2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan jamoa Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

O‘zbekiston Xalqaro kimyo olimpiadasida tarixiy g‘alabaga erishdi

Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi rekord natijaga erishdi. Jamoa a’zolari 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

 

Oltin medallarni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Daler Rahimov va Mirjahon Muxammadov qo‘lga kiritdi. Kumush medallar esa Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi Buxoro maktabi o‘quvchisi Ibrohim Temurov hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi maktabdan Biloliddin Zuxriddinovga nasib etdi.

 

Olimpiadada muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu g‘alaba O‘zbekistonning xalqaro fan olimpiadalaridagi yuksalib borayotgan salohiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.

 

Yopilish marosimida 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi bayrog‘i ramziy tarzda O‘zbekistonga topshirildi. Navbatdagi olimpiada 2026-yilda O‘zbekiston mezbonligida o‘tkaziladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekiston Xalqaro kimyo olimpiadasida tarixiy g‘alabaga erishdi | Zamon.uz