“Rahmat, AQSh!”: Zelenskiy Ukrainaga yordam bergani uchun Trampga rahmat aytdi
Ukraina va AQSH prezidentlari o'rtasidagi suhbat samimiy ruhda o'tdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi. Zelenskiy suhbat ijobiy ruhda o‘tganini aytib, Qo‘shma Shtatlarga va Trampga Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani hamda adolatli tinchlikka erishish yo‘lida hamkorlikka tayyor bo‘layotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida Tramp NATO bosh kotibi Mark Rutte bilan bo‘lib o‘tgan suhbatini ham tilga oldi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishga harakat qilmoqda va bu Ukraina uchun muhim ahamiyatga ega.
Ukraina rahbari, shuningdek, Rossiyaning hujumlariga qarshi himoyani kuchaytirish va pozitsiyalarni mustahkamlash bo‘yicha Tramp bilan muhokama olib borilganini qayd etdi. Tinchlikka erishish uchun imkon qadar faol ishlashga tayyorligini taʼkidladi.
Zelenskiy Tramp bilan tez-tez bog‘lanib, harakatlarni muvofiqlashtirib borishga kelishib olinganini aytdi va yana bir bor AQSHga minnatdorchilik bildirdi.







