Sirdaryoda turmush o‘rtog‘ining mashinasini haydagan fuqaro avariyaga uchradi
Oqibatda avtomobil majaqlanib, butunlay yonib ketgan.

Kecha, 16 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Cobalt avariyaga uchrashi oqibatida butunlay yonib ketdi. Bu haqida viloyat YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xalqaro ahamiyatga ega M-34 avtomobil yo‘lida 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi R.N. o‘zining turmush o‘rtog‘i R.O.ga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, ehtiyotsizlik sabab rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.
Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q.







