Siyosat

Tukiya va Eron Suriya suverenitetini qo'llab-quvvatlaydi, AQSH tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda, BMT esa...

Suriya va Isroil urushiga dunyo qanday munosabat bildirmoqda?

Tukiya va Eron Suriya suverenitetini qo'llab-quvvatlaydi, AQSH tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda, BMT esa...

So‘nggi kunlarda Suriya va Isroil o‘rtasida keskinlik kuchaygani xalqaro hamjamiyatni tashvishga soldi. AQSh prezidenti Donald Tramp bu borada har ikki tomon bilan suhbatlashganini aytib, vaziyatni yumshatishga chaqirdi. "Biz Suriya va Isroil o‘rtasida tushunmovchilik borligini bilamiz. Har ikki tomon bilan gaplashdim, endi esa mojaro chuqurlashmasligi uchun harakat qilmoqdamiz", dedi Tramp. Bu haqda The Washington post xabar qilgan.

 

Reuters xabariga ko'ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ham vaziyat yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriya barqarorligiga tahdid soluvchi siyosatlarga toqat qilmaydi. "Biz Suriya xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi uchun jiddiy harakatlar qildik. Ammo Isroilning Damashqqa uyushtirayotgan hujumlari bu jarayonni to‘xtatib qo‘ymoqda", dedi Fidan.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abas Arokchi ham Tehronning Suriya masalasidagi pozitsiyasini tasdiqladi. "Eron har doim Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlab keladi. Biz Suriya xalqining yonidamiz va shunday bo‘lib qoladi", dedi Eron diplomati.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Suriya hududiga havo hujumlarini qoralaydi, Arab Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda jahon tashkiloti rahbarining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda maʼlum qildi.

 

"Bosh kotib Isroilning As-Suvayda va Suriya poytaxti Damashqqa havo hujumlari kuchayayotganini, shuningdek, Isroil armiyasi kuchlarining Golan tepaliklarida qayta joylashtirilishi haqida xabar berilganini qoralaydi. U Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday qoidabuzarliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi", - dedi BMT Bosh kotibi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Tukiya va Eron Suriya suverenitetini qo'llab-quvvatlaydi, AQSH tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda, BMT esa... | Zamon.uz