Lifestyle

Labubu qo‘g‘irchoqlari “iblis timsoli” sifatida yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Labubu va yovuz ruh obrazlari o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi mish-mishlar tarqaldi.

Labubu qo‘g‘irchoqlari “iblis timsoli” sifatida yoqib yuborilmoqda

So‘nggi kunlarda Labubu nomi bilan tanilgan mashhur kolleksion qo‘g‘irchoqlar ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaraga sabab bo‘lmoqda. Mish-mishlar va nazariyalarga ko‘ra, ushbu o‘yinchoqlar qadimiy Mesopotamiya mifologiyasidagi yovuz ruh — Pazuzu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mustshare News nashri xabar berdi.

 

Pazuzu — qadimiy miflarda janubi-g‘arbiy shamol hukmdori, baxtsizlik va kasallik olib keluvchi iblis sifatida tasvirlanadi. Uning tasviri ko‘pincha sher yuzi, bo‘rtib chiqqan ko‘zlar, qush qanotlari va tirnoqlar bilan ifodalanadi. Aynan Labubu qo‘g‘irchoqlarining g‘ayrioddiy ko‘rinishi — katta ko‘zlari va ayyor jilmayishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida xavotir uyg‘otgan.

 

Ushbu qo‘rquvlar 1973-yilda suratga olingan “Exorcist” filmidagi Pazuzu obrazini eslatgani bois yanada kuchaydi. OAV xabarlariga ko‘ra, ba’zi odamlar qo‘g‘irchoqlarda “iblis energiyasi” mavjudligiga ishongani sababli ularni yoqib yuborgan.

 

Shunga qaramay, mutaxassislar va aksariyat internet foydalanuvchilari bu aloqaning hech qanday tarixiy yoki vizual asosga ega emasligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, bu oddiy tasodif va ommaviy xayol mahsuli, xolos.

Labubu qo‘g‘irchoqlari “iblis timsoli” sifatida yoqib yuborilmoqda | Zamon.uz