Siyosat

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara bo‘yicha uch tomonlama bitimni ratifikatsiya qildi

Mazkur qonun Jogorku Kenesh tomonidan 25-iyun kuni qabul qilingan va xalqaro shartnomalar bo‘yicha ichki huquqiy tartibga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara bo‘yicha uch tomonlama bitimni ratifikatsiya qildi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara masalasiga doir muhim hujjatni rasman tasdiqladi. Bu haqda “Kabar.kg” nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari 2025-yil 31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida imzolangan “Uch davlatning davlat chegaralarini tutashtirish to‘g‘risidagi bitim”ni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzolagan.

 

Mazkur qonun 2025-yil 25-iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti — Jogorku Kenesh tomonidan qabul qilingan. Hujjat Qirg‘izistonning xalqaro shartnomalar va parlament tartib-qoidalariga oid qonunlariga muvofiq ichki huquqiy jarayonlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

 

Shu bilan Qirg‘iziston rasmiy ravishda O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara tutashuvini belgilovchi uch tomonlama bitimni tasdiqladi. Ushbu bitim mintaqaviy barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim huquqiy asoslardan biri sifatida baholanmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara bo‘yicha uch tomonlama bitimni ratifikatsiya qildi | Zamon.uz