Suriya va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Kelishuvga Qo‘shma Shtatlarning ko‘magi bilan erishildi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa Qo‘shma Shtatlarning ko‘magida Turkiya, Iordaniya va boshqa qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tarzda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida amerikalik diplomat Tom Barrak maʼlum qildi.
Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar bilan tinchlik va farovonlikda yashaydigan yagona Suriyani barpo etishga chaqirdi.
Iyul oyi boshida Suriyaning janubi-g‘arbida joylashgan As-Suvayda shahrida druzlar va badaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan edi. Ushbu ziddiyat fonida Isroil “druzlarni himoya qilish” bahonacida Damashqqa bir necha bor aviazarba bergan.







