O'zbekiston

Toshkentdagi omborxonalarning biridan perekis vodorod sizib chiqdi

Olmazor tumanidagi 423-sonli bog‘cha hududida havoda xavfli darajadagi ifloslanish qayd etilgan.

Toshkentdagi omborxonalarning biridan perekis vodorod sizib chiqdi

Bugun, 21 iyul kuni soat 03:00 atrofida Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Uzumboq ko‘chasida joylashgan omborxonada perekis vodorod moddasining ochiq havoga sizib chiqishi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

 

Hodisa yuzasidan darhol FVVning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari voqea joyiga yetib bordi. Vaziyat tezkor nazoratga olinib, barcha tegishli xizmatlar birgalikda ish olib bordi va hodisa soat 04:00 ga kelib to‘liq bartaraf etildi.

 

Air Tashkent xizmatining havo sifati sensorlari esa ayni vaqtda Olmazor tumanida, 423-sonli bolalar bog‘chasi hududida havoda xavfli darajadagi ifloslanish qayd etgan.

 

Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentdagi omborxonalarning biridan perekis vodorod sizib chiqdi | Zamon.uz