Siyosat

Hindiston Xitoy fuqarolariga sayyohlik vizalarini qayta berishni boshlaydi

Viza berish amaliyoti so‘nggi uch yildan ortiq vaqt mobaynida ilk marta tiklanmoqda.

Hindiston Xitoy fuqarolariga sayyohlik vizalarini qayta berishni boshlaydi

Hindiston joriy yilning 24 iyul sanasidan boshlab Xitoy fuqarolari uchun sayyohlik vizalarini qayta berishni boshlaydi. Bu haqda mamlakatning Xitoydagi elchixonasi ma’lum qildi. Viza berish amaliyoti so‘nggi uch yildan ortiq vaqt mobaynida ilk marta tiklanmoqda.

 

Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yilda Himolay chegarasida yuz bergan harbiy to‘qnashuvdan so‘ng keskinlashgan edi. Hodisa ortidan Hindiston Xitoy sarmoyalariga cheklovlar joriy qildi, yuzlab xitoylik ilovalarni taqiqladi hamda aviaqatnovlarni qisqartirdi.

 

Xitoy ham o‘sha davrda Hindiston va boshqa davlatlar fuqarolariga viza berishni to‘xtatgan, biroq 2022 yilda COVID-19 pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilib, talabalar va biznes safarlar uchun vizalarni qayta tiklagandi. Turistik vizalar esa faqat joriy yil mart oyida aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilgachgina muhokamaga chiqqan.

 

Ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar asta-sekin yaxshilanmoqda. O‘tgan yili Xitoy rahbari Si Szinpin va Hindiston bosh vaziri Narendro Modi o‘rtasida Rossiyada yuzma-yuz uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Guo Jiakunning aytishicha, Pekin ushbu ijobiy qadamni qayd etgan va ikki mamlakat o‘rtasida shaxsiy aloqalarni yaxshilashga tayyor.

 

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Xitoy o‘rtasida 3 800 km (2 400 mil) uzunlikdagi bahsli chegara mavjud bo‘lib, bu muammo 1950 yillardan beri muzokaralar markazida qolmoqda. 1962 yilda ikki davlat o‘rtasida qisqa, ammo og‘ir qurolli urush ham bo‘lib o‘tgan. Iyul oyida Hindiston Tashqi ishlar vaziri xitoylik hamkasbiga chegaradagi ziddiyatlarni bartaraf etish, harbiy kuchlarni olib chiqish hamda o‘zaro savdoga to‘sqinlik qiluvchi choralarni bekor qilish zarurligini bildirgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Hindiston Xitoy fuqarolariga sayyohlik vizalarini qayta berishni boshlaydi | Zamon.uz