Siyosat

O‘zbekiston Prezidentiga butun dunyodan tabriklar kelmoqda

Suhbatlarda samimiy tabriklar bilan birga davlatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidentiga butun dunyodan tabriklar kelmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari tomonidan samimiy tabriklar yo‘llandi.

 

Tabrik yo‘llaganlar qatorida Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon, Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov, Misr, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Armaniston, Sloveniya kabi davlatlar, shuningdek, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Xalqaro maslahat kengashi kabi tuzilmalar rahbarlari ham bor.

 

Murojaatlarda davlatimiz rahbarining shaxsiy fazilatlari, strategik dunyoqarashi va yetakchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi va mintaqa tinchligiga qo‘shayotgan hissasi yuksak baholandi.

 

Tabriklarda Prezident Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, fidokorona davlatchilik faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklari izhor etildi.

 

Suhbatlar chog‘ida O‘zbekistonning mazkur davlat va mintaqalar bilan keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy-gumanitar almashinuvni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidentiga butun dunyodan tabriklar kelmoqda | Zamon.uz