Siyosat

"Men Tailand va Kambodjani yarashtirish ustida ishlayapman" — Tramp

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik ortidan AQSh diplomatik vositachilikka tayyorligini bildirdi.

"Men Tailand va Kambodjani yarashtirish ustida ishlayapman" — Tramp

AQSh Prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini aytdi va ikki davlatni yarashtirish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qildi. Bu bayonot jangovar to‘qnashuvlar fonida yangradi — chegarada harbiy harakatlar va diplomatik keskinliklar ortmoqda.

 

“Men Tailand va Kambodjani yarashtirish ustida ishlayapman”, — dedi Tramp qisqa bayonotida.

 

23-iyul kuni Tailand hukumati Kambodja bilan diplomatik munosabatlarni pasaytirib, o‘z elchisini chaqirib oldi va Kambodjaning Bangkokdagi elchisini chiqarib yuborishini e’lon qildi. Bunga sabab — Tailand hududida yuz bergan mina portlashi natijasida harbiy xizmatchining oyog‘i uzilgani bo‘ldi. Tailand hukumati bu minaning yaqinda o‘rnatilganini da’vo qilmoqda.

 

Shuningdek, barcha chegara nazorat punktlari yopildi va turistik kirish qat’iyan taqiqlab qo‘yildi. Tailand Tashqi ishlar vazirligi rasmiy norozilik bayonotini Kambodja tomoniga yuborgan.

 

Kambodja Tashqi ishlar vazirligi Tailand ayblovlarini rad etib, sodir bo‘lgan portlash sobiq urushdan qolgan minalar bilan bog‘liq ekanini bildirdi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, Tailand askarlari kelishilgan patrul yo‘nalishlaridan chetga chiqqan va xavfli hududga kirib qolgan.

 

Chegaraning bir nechta nuqtasida artilleriya otishmalari qayd etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Kambodja armiyasining RM-70 reaktiv artilleriya tizimlaridan Tailand tarafga qarata o‘t ochayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Bunday mojaro turizm va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solmoqda.

 

Vaziyat xalqaro darajada xavotir uyg‘otmoqda. AQShning vositachilik taklifi mojaro avj olishining oldini olishga qaratilgan. Ayni vaqtda tomonlar o‘z pozitsiyalarida qat’iy qolmoqda. BMT va ASEAN a’zolari ham kelgusi kunlarda munosabat bildirishlari kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.