Shayxontohur tumanida ko‘cha 3 kunga yopiladi
25-iyuldan 28-iyulgacha qurilish ishlari sababli 6 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir bo‘lagi — Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi — 25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu choralar qurilish ishlariga bog‘liq holda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ushbu vaqt oralig‘ida 6 ta avtobus yo‘nalishi — 34, 64, 87, 116, 131 va 147-sonli avtobuslar — o‘z marshrutlarini vaqtincha o‘zgartiradi. Yangi yo‘nalishlar maxsus belgilar asosida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan boshqariladi.
Yo‘lovchilarga yo'l manzillarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.







