Siyosat

"Biz Falastinning bosib olingan hududlari ustidan Isroil suverenitetini zo‘rlik bilan o‘rnatish harakatlariga qat’iyan qarshimiz"

Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya HAMASni qurolsizlantirish va garovdagilarni ozod qilishni talab qildi.

"Biz Falastinning bosib olingan hududlari ustidan Isroil suverenitetini zo‘rlik bilan o‘rnatish harakatlariga qat’iyan qarshimiz"

Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya G‘azo sektorida davom etayotgan mojaroga nisbatan qo‘shma bayonot e’lon qilib, barcha tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bayonotda HAMAS harakatini qurolsizlantirish, barcha isroillik garovga olingan shaxslarni hech qanday shartlarsiz ozod qilish va G‘azodagi tinch aholi uchun gumanitar yordam yetkazilishiga to‘siqlarni olib tashlash talab etilgan. Bu haqda Euro news xabar bergan. 

 

Ushbu bayonot uch davlat — Yevropa Ittifoqining yetakchi a’zolari tomonidan e’lon qilinib, xalqaro hamjamiyatga murojaat shaklida taqdim etildi. Unda mojaro faqat tinch yo‘l bilan va xalqaro huquq doirasida hal etilishi lozimligi qayd etilgan.

 

"Biz Falastinning bosib olingan hududlari ustidan Isroil suverenitetini zo‘rlik bilan o‘rnatish harakatlariga qat’iyan qarshimiz", — deyiladi bayonotda. G‘arbiy davlatlar Isroilni xalqaro qonunlarga rioya qilishga va G‘azodagi aholi huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi.

 

Bundan tashqari, bayonotda “ikki xalq – ikki davlat” tamoyiliga asoslangan tinchlik jarayonini tiklash zarurligi ta’kidlandi. Xususan, G‘azo sektorida o‘tish davri boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish va ushbu hududda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

"Biz Falastinning bosib olingan hududlari ustidan Isroil suverenitetini zo‘rlik bilan o‘rnatish harakatlariga qat’iyan qarshimiz" | Zamon.uz