Jahon

Singapur jahon pasportlari reytingida yetakchilik qilmoqda

Singapur pasporti 193 ta davlatga vizasiz kirish imkonini beradi.

Singapur jahon pasportlari reytingida yetakchilik qilmoqda

2025-yilning birinchi yarmi uchun tuzilgan eng kuchli pasportlar reytingida Singapur pasporti dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda xalqaro Henley Passport Index nashri ma’lumot berdi.

 

Ushbu reytingga ko‘ra, Singapur fuqarolari 193 ta davlatga vizasiz kirish yoki kelgach viza olish huquqiga ega bo‘lib, bu dunyodagi eng keng sayohat imkoniyatini ta’minlaydigan pasport hisoblanadi.

 

Reytingda ikkinchi o‘rinni Yaponiya va Janubiy Koreya egallagan. Ushbu mamlakatlar fuqarolari 190 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin. Uchinchi pog‘onani esa 189 ta vizasiz yo‘nalishga ega bo‘lgan Daniya, Fransiya, Irlandiya, Finlyandiya, Germaniya, Ispaniya va Italiya fuqarolari egallagan.

 

Henley & Partners kompaniyasi tomonidan e’lon qilinadigan ushbu indeks BMTga a’zo davlatlar va o‘zini o‘zi boshqaruvchi ayrim hududlarning fuqarolari uchun rasmiy kirish imkoniyatlariga asoslangan holda tuziladi. Reyting ma’lumotlari International Air Transport Association (IATA) bazasi asosida shakllantiriladi.

 

Mazkur indeks pasportlarning xalqaro harakatchanlik darajasini baholaydi va har olti oyda yangilanadi. Reyting global iqtisodiy, diplomatik va sayohat imkoniyatlarini tahlil qilishda muhim ko‘rsatkich sifatida qaraladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Singapur jahon pasportlari reytingida yetakchilik qilmoqda | Zamon.uz