O'zbekiston

Kat­taqo‘r­g‘on shahri hududi kengaytiriladi

Shahar o‘z maqomini o‘zgartirib, o‘rta shaharlardan katta shaharlar toifasiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kat­taqo‘r­g‘on shahri hududi kengaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Samarkand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on shahri va unga tutash tumanlar — Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror asosida shahar maydoni kengayib, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati yanada oshirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Qarorga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on shahri tarkibiga Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 945 gektar, Nurobod tumanidan esa 971 gektar yer qo‘shiladi. Bundan tashqari, Nurobod tumanining yana 600 gektar maydoni Kattaqo‘rg‘on tumani tasarrufiga o‘tkaziladi. Bu o‘zgarishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga yanada qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Hududiy kengayish bilan bir qatorda, iqtisodiy faollikni oshirishga ham e’tibor qaratiladi. Xususan, 50 gektar yerda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining filialini va 30 gektar yerda uchta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahri o‘z maqomini o‘zgartirib, o‘rta shaharlardan katta shaharlar toifasiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa kelgusida shaharning investitsion jozibadorligini oshirishi, tashqi investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kat­taqo‘r­g‘on shahri hududi kengaytiriladi | Zamon.uz