O'zbekiston

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilindi

Ushbu kodeks suv resurslari va suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga soladi.

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilindi

30-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Suv kodeksi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1076-son) bilan mamlakatda suv resurslarini boshqarish va undan foydalanishga oid asosiy huquqiy hujjat – Suv kodeksi tasdiqlandi.

 

Yangi Kodeks suv resurslari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.

 

Suv kodeksida quyidagi asosiy qoidalar belgilab qo‘yilgan:

 

Suv – umumxalq boyligidir va undan oqilona foydalanish davlat himoyasida bo‘ladi;

 

Suvdan foydalanish ikki shaklga – umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi;

 

Suv obuektlari toifalariga O‘zbekiston hududidagi yer usti va yer osti suv manbalari, shuningdek, mamlakatdan o‘tuvchi transchegaraviy suv obyektlari kiradi;

 

Suv obyektlari yakka tartibda yoki boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanilishi mumkin.

 

Kodeksda shuningdek, suv resurslarini boshqarish sohasida qarorlar qabul qilishda hamkorlikni kuchaytirish maqsadida respublika, havza va zarur hollarda hududiy darajadagi Suv kengashlari tashkil etilishi belgilangan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika Suv kengashi tashkil etiladi.

 

Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilindi | Zamon.uz