Samarqandda xonanda eri tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirildi
Bosh prokuratura matbuot xizmati Zamon.uz‘ga qotillik bo‘yicha maʼlumot taqdim etdi.

Samarqandda xonanda Zebiniso Nosirova vahshiylarcha o‘ldirildi. Hodisa bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati zamon.uz‘ga maʼlumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, 2025 yil 26 iyul kuni soat taxminan 14:30 larda, Payariq tumani Chelak shahri Xo‘jaobod mahallasi yashovchi 32 yoshli erkak o‘zaro oilaviy kelishmovchilik natijasida vaqtincha alohida yashab kelgan turmush o‘rtog‘i oldiga farzandlarini ko‘rish maqsadida kelib, u bilan suhbat davomida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib, uni qo‘li bilan bo‘yin qismidan bug‘ib qasddan o‘ldirgan.
Voqea joyidan 1 dona “TECNO” rusumli uyali qo‘l telefoni, 1 dona “Iphone 15” rusumli uyali qo‘l telefoni va 1 dona “IPad” planshet ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan 26.07.2025 yilda R.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning himoya huquqi taʼminlangan holda ishda gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tez orada zamon.uz voqea joyidan maxsus reportajni taqdim etadi.







