O'zbekiston

Toshkentda YPX xodimini haqoratlagan haydovchi qamaldi

U poytaxt ko‘chalarida yuqori tezlikda harakatlanib, inspektorning talabiga bo‘ysunmagan.

Toshkentda YPX xodimini haqoratlagan haydovchi qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda shahar bo‘ylab soatiga 200 km dan ortiq tezlikda harakatlanayotgan Zeekr 007 rusumli avtomashina haydovchisi inspektorning talabiga binoan to‘xtamay, uni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi.

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan voqea holatlari o‘rganilib, huquqbuzarning shaxsi aniqlandi. Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘l harakati qoidalarini buzgan.

 

Ichki ishlar bo‘limida 19 yoshli haydovchi yigit o‘z aybiga iqror bo‘lib, inspektor to‘xtatishni talab qilganida, tezlik yuqori bo‘lgani sabab to‘xtab qololmaganini aytdi. Uning mashinada bo‘lgan do‘sti bo‘layotgan voqealarni nafaqat videoga, balki ijtimoiy tarmoqlarga ham joylashtirgan.

 

Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi. Sud uni aybdor deb topib, 5 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olish bo‘yicha qaror chiqardi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.