O'zbekiston

Andijonda bola o‘g‘risi ushlangani aytilmoqda

Viloyat IIB u ruhiy nosog‘lom shaxs ekanini bildirdi.

Andijonda bola o‘g‘risi ushlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida bola o‘g‘risi ushlangani aytilgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu videoxabarda aks etgan holat yuzasidan Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganish ishlar olib borilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 31 iyul kuni soat 15:40 larda “102” qisqa raqamiga Shahrixon tumani, Cho‘ja mahallasida yashovchi fuqaro O‘rinboyev G‘anisher tomonidan yashash xonadoniga nomaʼlum shaxs kirib olganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

 

Mazkur xabar yuzasidan hudud profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga borib, holatga oydinlik kiritganda, ushbu fuqaro Shahrixon tumani Bo‘ston MFY Yangi qadam ko‘chasida yashovchi, 2019 yildan buyon ruxiy kasalliklar (D) ro‘yxatida turuvchi fuqaro ekanligi aniqlangan.

 

Ushbu fuqaro hudud profilaktika inspektori tomonidan shu kunning o‘zida Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseriga davolanish uchun joylashtirilgan.

 

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali bola o‘g‘risi ushlangani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo asosga ega emas”, deyiladi rasmiy izohda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Andijonda bola o‘g‘risi ushlangani aytilmoqda | Zamon.uz