Bosh prokuror ikki mulozimni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatdi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mansabdorlari lavozimidan ozod qilingan va Departament organlaridan ham bo‘shatilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Bosh prokurorning tegishli buyruqlari bilan tizimdagi ikki nafar mansabdor shaxs lavozimidan ozod etildi.
Jumladan:
Adliya katta maslahatchisi Inoyat Raxmatullayevich shukurov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan bo‘shatildi.
Adliya katta maslahatchisi Muxammadjon Nabijonovich Ruzmatov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan bo‘shatildi.







