O'zbekiston

Senat voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yumshatuvchi qonunni ma’qulladi

Endi 18 yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan yengil jinoyati uchun jazoni o‘tagan shaxs sudlangan hisoblanmaydi.

Senat voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yumshatuvchi qonunni ma’qulladi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirishga doir islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

Oliy Majlis Senatining 9-yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

 

Statistikaga ko‘ra, 2023-yilda 1911 nafar, 2024-yilda esa 2214 nafar voyaga yetmagan jinoyat sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan. Jinoyatlarning katta qismi — ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan va o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlardan iborat.

 

Qonun bilan:

 

18 yoshga to‘lguncha sodir etgan, o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tagan shaxs sudlangan hisoblanmaydi;

 

Ozodlikni cheklash va qamoq jazosining eng kam muddati 6 oydan 1 oygacha qisqartiriladi.

 

Mazkur qonun 2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida, “Xalq uchun g‘amxo‘rlik va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

 

Senatorlarning fikricha, qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni insonparvarlik mezonlari asosida yengillashtirib, ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashadi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Toshkent va Samarqand viloyatlarida ikki noqonuniy holat aniqlandi.

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Bola 22-noyabr kuni berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘idan pastga tushib ketgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.