O‘zbekistonda “tonirovka” narxi arzonlashmoqda
Bu bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Hukumatning ayrim qarorlariga avtotransport vositalaridan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklarga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyiha bilan M1 (yengil avtomobillar) toifaga oid avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun har yili 1 maydan – 31 avgustgacha beriladigan ruxsatnomalar berilishini yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Buning uchun to‘lov miqdori quyidagicha etib belgilanmoqda:
— Jismoniy va yuridik shaxslar uchun — BHMning 1 baravari miqdorida;
— O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — BHMning 5 baravari miqdorida.
Bunda, qisqa muddatli ruxsatnoma uchun to‘lov ruxsatnoma rasmiylashtirilgan sanadan qatʼi nazar, to‘liq hajmda amalga oshiriladi.
Orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun 1 yil muddatga beriladigan uzoq muddatli ruxsatnoma bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun — BHMning 8 baravari miqdorini va O‘zbekiston da faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — BHMning 14 baravari miqdorini tashkil etadi.







