Futbol bo‘yicha DXX kubogi respublika bosqichi boshlanmoqda
Unda saralangan 42 ta jamoa ishtirok etadi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha anʼanaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogining hal qiluvchi respublika bosqichi start olmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ylab o‘tkazilgan hududiy bahslarda 19.698 ta jamoa tarkibida ishtirok etgan 254 mingdan ziyod o‘g‘il-kizlar orasidan final bosqichi uchun 42 ta jamoa saralandi.
Respublika bosqichi o‘yinlariga joriy yilning 18–23-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 da start beriladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 23 avgust kuni soat 18:00 da “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi.







