O'zbekiston

Jomboydagi “zapravka”da 3 ta mashina yonib ketdi

Avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasidagi yong‘in oqibatida Kia Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar zararlangan.

Jomboydagi “zapravka”da 3 ta mashina yonib ketdi

Samarqand viloyati, Jomboy tumanida 10-avgust kuni kechqurun avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, “Shayman” MFY hududida joylashgan shoxobchada yong‘in haqida xabar soat 22:00 da kelib tushgan.

 

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 22:21 da qurshab olinib, 22:30 da butunlay o‘chirilgan. Hodisa oqibatida Kia Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar zararlangan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

 

Ayni paytda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mutasaddi organlar voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. FVV yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini yana bir bor eslatdi.

 

So‘nggi kunlarda mamlakatning boshqa hududlarida ham shunga o‘xshash holatlar qayd etildi. 8-avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida, 5-avgustda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida zapravka hududida yong‘in va portlashlar sodir bo‘ldi. 16-iyul kuni esa Ko‘kdaladagi gaz to‘ldirish stansiyasida chaqnash oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jomboydagi “zapravka”da 3 ta mashina yonib ketdi | Zamon.uz